Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Gulistonlik saylovçilar ÖzLiDeP nomzodlarini qöllab-quvvatlaşdi

22.10.2024
1116


ÖzLiDeP Guliston şahar Kengaşi tomonidan «Navbahor» MFYda 6-Navbahor saylov okrugidan şahar Kengaşi deputatligiga körsatilgan nomzod Jamoliddin Xodjimanovning saylovçilar bilan uçraşuvi kötarinki ruhda ötkazildi.

Uçraşuvda yurtimizda kambağallik kölamini ikki karra kamaytiriş, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilişning mahallabay dasturlarini işlab çiqiş, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida imtiyozli kredit hajmini har yili 30 foizga oşirib boriş ÖzLiDePning ustuvor vazifasi ekanini qayd etdi.

Tadbir qatnaşçilari davlat taşkilotlaridan mustaqil bölgan nodavlat “ta’lim auditi” tizimini joriy qiliş, professional ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida takomillaştirişga erişiş, yoşlarimizni “TOP-100” global röyxatga kirgan universitetlarda ta’lim olişi uçun valyutada uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar beriş amaliyotini joriy etiş böyiça partiya öz zimmasiga olayotgan vazifalar mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etişini e’tirof etişdi.

Uçraşuv yakunida iştirokçilar partiya saylovoldi dasturidagi vazifalar ahamiyatidan kelib çiqib, yaqinlaşib kelayotgan saylovda ÖzLiDePga ovoz berişlarini ta’kidlaşdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?